date
views 1 238

Farg‘ona shahrida soliq qarzlari undirilmoqda

Farg‘ona shahrida soliq qarzlari undirilmoqda
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvidagi Farg‘ona viloyat DSBning 08.04.2022 yilgi qarzdor "All Metall Gold” MCHJdan undiruvchi Farg‘ona shahar DSI foydasiga jami 3 mlrd. 943 mln. so‘m soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga ixtiyoriy muddat berilib, qonun talablari tushuntirilgan.

21.04.2022 yil kuni qarzdor "All Metall Gold” MCHJ 3 mlrd. 943 mln. so‘m qarzini undiruvchi Farg‘ona shahar DSI foydasiga to‘liq holatda to‘ladi va ijro ishi amalda tamomlandi.

Shuningdek, byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Farg‘ona viloyat DSBning 08.04.2022 yilgi qarzdor "ROLLED STEEL PLUS” MCHJdan undiruvchi Farg‘ona shahar DSI foydasiga jami 689,5 mln. so‘m soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga ixtiyoriy muddat berilib, qonun talablari tushuntirilgan va ogohlantirilgan.

22.04.2022 yil kuni qarzdor "ROLLED STEEL PLUS” MCHJ 689,5 mln. so‘m qarzini undiruvchi Farg‘ona shahar DSI foydasiga to‘liq holatda to‘ladi va ijro ishi amalda tamomlandi. Byuro tomonidan soliq undiruvlari davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona shahrida soliq qarzlari undirilmoqda