Kadr: Telegram
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida voyaga yetmagan farzandini sotishga uringan ayol ushlandi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 28 mart kuni tuman IIBga kelib tushgan ariza bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 2 yoshli qizini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingan va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas