
Byuroning Kitob tumani bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shaxrisabz tumanlararo sudining 24.08.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.N. hisobidan undiruvchi L.A. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 24.08.2020 yilda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Ijro harakatlari davomida, joriy yilning 26 aprel holatida qarzdor X.N. ning aliment qarzdorligi 12.955.433 so‘mni tashkil qilgan va ushbu aliment qarzdorligini undirish maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan “NEXIA” rusumli avtomashina tegishli tartibda xatlanib, vaqtinchalik saqlashlik uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Ijro hujjati bo‘yicha, qarzdor X.N. undiruvchi L.A. bilan o‘zaro kelishgan holda xozirgi kunga qadar to‘planib qolgan aliment qarzdorligi va 2 nafar farzandi voyaga yetgunga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment mablag‘lari o‘rniga o‘ziga tegishli bo‘lgan va davlat ijrochisi tomonidan xatlanib, jarima maydonchasida saqlanayotgan “NEXIA” rusumli avtomashinasini undiruvchi L.A. ning nomiga notarius orqali rasmiylashtirib berdi va mazkur ijro hujjati amalda tamomlanishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar