17:15 / 06.05.2022
2 682

DXX Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

DXX Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Foto: DXX Chegara qo‘shinlari
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyat xususida rasmiy bayonot bilan chiqdi.

2022 yilning 5 may kuni o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani, Oqtom qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida bir guruh noma’lum shaxslar tomonidan O‘zbekistondan Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda ko‘p miqdordagi tovar-moddiy boyliklarini olib o‘tilayotgani o‘zbek chegara naryadlari tomonidan kuzatilgan va ushbu qonunbuzarlikni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, chegara naryadi tomonidan davlat chegarasi buzg‘unchilarini qo‘lga olish vaqtida, qoidabuzarlarning bir guruhi harbiy xizmatchilarga nisbatan qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatib, tan jarohatlari yetkazgan va qurollarni olib qo‘yishga harakat qilgan.

Ushbu holatda harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan tartibda qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan. Natijada, 3 nafar shaxslar yaralanib, ularning jinoiy sheriklari tomonidan Qirg‘iziston hududiga olib ketilgan.

Hodisa tafsilotlarini aniqlash maqsadida, 5 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘izistonning hudud bo‘yicha chegara vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan. Shuningdek, 6 may kuni Farg‘ona vodiysi yo‘nalishi bo‘yicha va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati bo‘yicha chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

Hozirda har ikki tomon holat bo‘yicha tekshiruvlarni davom ettirayotgani, chegarada vaziyat barqaror ekani aytiladi.

Holat yuzasidan O‘zbekistonning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan 2022 yilning 6 may kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 223-moddasi (“Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi