00:54 / 07.05.2022
1 201

Bank foydasiga 1 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari undirildi

Bank foydasiga 1 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari undirildi
Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 26.12.2019 yilgi qaroriga asosan qarzdor "Qalin qog‘oz Servis" MCHJdan undiruvchi AT "Aloqabank" foydasiga 1 mlrd. 41 mln. so‘m kredit qarzni undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha byuro tomonidan qarzdorga zararni to‘lashi haqida ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor ixtiyori muddatlarda sud qarorini ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rmagach, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, garov mulklari xatlangan va savdoga qo‘yilgan.

05.05.2022 yil kuni "Qalin qog‘oz Servis" MCHJ undiruvchi AT "Aloqabank" foydasiga 1 mlrd. 41 mln. so‘m kredit qarzini to‘lab, bank oldidagi qarzini bartaraf etganligi sababli, ijro hujjati amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank foydasiga 1 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari undirildi