11:34 / 08.05.2022
976

Prezident sayyohlar uchun xavfsiz mamlakatga aylanish kerakligini aytdi

Prezident sayyohlar uchun xavfsiz mamlakatga aylanish kerakligini aytdi
Foto: Prezident axborot xizmati
O‘zbekiston xorijlik sayyohlar uchun xavfsiz mamlakatga aylanishi kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida tashkil etilgan situatsion markazdagi uchrashuvda aytdi.

«Menimcha» teleloyihasining navbatdagi sonida prezident situatsion markazda mas’ullarga sayyohlik rivojlanishi uchun tizimning mukammal ishlashi zarurligini tushuntirgan video ko‘rsatildi.

Prezident tizim turizmni rivojlantirish uchun ham muhimligini aytar ekan Aziz Abduhakimovdan 2019 yil qancha sayoh kelganini so‘radi. «6,7 million xorijlik sayyoh keldi, 13 million ichki turistlar qayd etilgan», dedi Abduhakimov.

«Ichki ishlar xodimlari bilan mana shu ishni qilib bersangiz, mamlakatga investitsya olib kelishga yordam bergan bo‘lasiz. Investitsiya esa xalqimizga madad bo‘ladi. Qachon bizga 10 million turist keladi? Qachonki jamoat tartibi saqlansa, yotoqxonada o‘g‘rilik bo‘lmasa, atrof tinch bo‘lsa, ko‘chada yurganda hech kim qo‘rqitmasa keladi», prezident.

Ko‘rsatuv davomida situatsion markazda turistlar bilan ishlash uchun alohida tizim qilingani hikoya qilingan. Mehmonxonalar atrofi va turistik ob’ektlar kameralari doimiy nazorat qilinishi ko‘rsatildi.

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, situatsion markaz adolatni ta’minlashga xizmat qilishi kerak: «Adolat me’zoni joriy qilinganini xalqimiz seza boshlasa, hech qanday tashviqot kerak bo‘lmaydi», dedi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident sayyohlar uchun xavfsiz mamlakatga aylanish kerakligini aytdi