
Foto: Qashqadaryo FVB matbuot xizmati
Qashqadaryoda qo‘li go‘sht maydalagichga kirib ketgan 3 yoshli bolaga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 8 may kuni viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga 3 yoshli bolaning ehtiyotsizligi oqibatida chap qo‘li go‘sht maydalagich ichiga kirib qolgani va uni olishda amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, viloyat qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan shifoxonaga yetib borib, qisqa vaqt ichida tibbiyot xodimlari bilan birgalikda qurilmaning metal bo‘lagini olib tashlashda amaliy yordam ko‘rsatgan.
Tibbiyot xodimlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda bolaning ahvoli yaxshi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar