9 may kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonida bo‘lgan davlat rahbari Yashnobod tumani Ahmad Yassaviy mahallasida tashkil etilgan “Uch avlod bog‘i”ga tashrif buyurdi.
Hududda tashkil etilgan innovatsion boshqaruv kompaniyasi faoliyati bilan tanishuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan ham suhbatda bo‘ldi:
“Bugungi bayram bilan xalqimizni, har biringizni tabriklayman. Bugungi issiq havoda urush qatnashchilarini ovora qilmay, o‘zimiz uylariga borib xabar olganimiz yaxshi bo‘ldi deb o‘ylayman. Nafaqat men, barcha rahbarlar ham urush qatnashchilari, nuroniylarimizni ziyorat qilib kelishmoqda. Ko‘rdingiz, 98 yoshli faxriyimiz Abbos ota bilan suhbatlashdim. Berlingacha borgan otamizning o‘zi bir jonli tarix.
Mana, mahalla bilan ham, bog‘ bilan tanishdingiz. Yana qaytarib aytaman – qilsa bo‘lar ekanku. Bugun jamiyatimiz o‘zgarmoqda, bu xalqimizga sezilmoqda. Lekin unutmang, bu birinchi qadamlarimiz. Har bir harakatimiz xalqimizni rozi qilishga qaratilishi kerak. Dunyodagi vaziyat, yirik davlatlardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, inflyatsiya bizga ham ta’sir qilmay qolmaydi. G‘alla, neft mahsulotlari narxi oshyapti. Bu ham korxonalarimizga, tadbirkorlarimiz faoliyatiga jiddiy sinov bo‘ladi.
Vaziyat shunday ekan, belni mahkam bog‘lab, yanada ko‘proq ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Sizlar ham ommaviy axborot vositalari vakillari sifatida bizning maqsadlarimizni xalqimizga yetkazib, vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shyapsizlar. Maqsadimiz esa aniq – xalqimizni rozi qilish”, – dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi