1 273
Tracker YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan Cobalt va inspektorni urib yuborib, ag‘darildi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida YPX xodimi qoidabuzar mashinani to‘xtataman deganida avariya bo‘lgani va YPX xodimining o‘zi bir chekkaga uchib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Poytaxt IIBB sodir bo‘lgan voqea yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, videoda tasvirlangan voqea 2021 yilning 23 sentabr kuni soat 07:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB inspektori kichik serjant Anvar Otaboyev xizmat vazifasini o‘tash jarayonida 49 yoshli Sh.U. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinani hushtak va jezl orqali to‘xtatgan. Shu vaqt uning orqasidan harakatlanib kelayotgan 32 yoshli K.U. boshqaruvidagi Tracker Cobalt bilan to‘qnashib ketgan va xizmat olib borayotgan YHXB inspektorini urib yuborib, ag‘darilib, daraxtga urilgan.
YTH natijasida YHXB inspektori hamda Tracker avtomashinasining yo‘lovchisi D.U. tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan. Ta’kidlanishicha, hozirda YHXB xodimining ahvoli yaxshi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi