10:30 / 11.05.2022
890

O‘zbekistonda dastlabki 3 oyda 37 ta fotoradar va kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda dastlabki 3 oyda 37 ta fotoradar va kuzatuv kamerasi ishga tushirildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2022 yilda o‘rnatilgan fotoradar hamda intellektual kuzatuv kameralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, prezidentning tegishli farmoni bilan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan 33 turdagi ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ular orasida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan aniq manzillar hamda ular tomonidan qayd etiladigan yo‘l harakati qoidabuzarligining turi haqidagi ma’lumotlarni fuqarolar uchun ochiq e’lon qilib borish tartibi belgilangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur ma’lumotlarning ochiqlanish holati bo‘yicha muntazam monitoring olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, respublika hududidagi avtomobil yo‘llarida 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari ishga tushirilgan. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamarini taqmaslik yoki haydovchilarning telefondan foydalanganlik holatini aniqlovchi kuzatuv kamerasi, 33 tasi esa harakat tezligini belgilangan me’yordan oshirib yuborganlik holatini aniqlovchi fotoradar qurilmalari hisoblanadi.

Yangi ishga tushirilgan fotoradar hamda kuzatuv kameralari hududlar kesimida quyidagicha:

Surxondaryo viloyatida – 10 ta;
Xorazm viloyatida – 7 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 5 ta;
Toshkent shaharida – 5 ta;
Farg‘ona viloyatida – 4 ta;
Toshkent viloyatida – 4 ta;
Buxoro viloyatida – 2 ta.

O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga prezidentning PF-6247-son farmoni talablarini sifatli ijro etish (talab etilgan ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytida belgilangan muddatlarda, to‘liq joylashtirish) bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda dastlabki 3 oyda 37 ta fotoradar va kuzatuv kamerasi ishga tushirildi