Foto: «Dunyo» AA.
AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Sent-Vinsent va Grenadin orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Hujjat mamlakatlar hukumatlari nomidan ularning BMTdagi doimiy vakillari, Baxtiyor Ibragimov hamda Inga Ronga King tomonidan imzolandi.
Ma’lumot uchun, Sent-Vinsent va Grenadin orollari Karib dengizi havzasining g‘arbiy qismida joylashgan davlat hisoblanadi. Mamlakat BMT faoliyatida faol ishtirok etib keladi, 2020-2021 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi, 2018-2019 yillarda esa tashkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi