12:00 / 12.05.2022
2 956

Bog‘cha va maktablarda bolalarning kunlik iste’mol ratsioniga asal mahsuloti kiritiladi

Bog‘cha va maktablarda bolalarning kunlik iste’mol ratsioniga asal mahsuloti kiritiladi
Prezidentning “Respublikada asalarichilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish va asalarichilik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi 2022 yil 1 sentabrga qadar bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari, maktab o‘quvchilari, shifoxonalarda va dam olish maskanlarida davolanuvchilarning kunlik iste’mol ratsioniga 15-20 grammdan asal mahsulotini kiritish bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritadi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi va “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi bilan birgalikda:

a) 2022 yil 1 iyulga qadar:

mevali bog‘larni asalarilar bilan changlatish tadbirlari uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish tartibini;

b) 2022 yil 1 avgustga qadar asalarichilik xo‘jaliklarining qishlov davri xarajatlarini qoplash uchun davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadigan sub’ektlar zararkunandalarga qarshi kimyoviy moddalarni ogohlantirishsiz qo‘llashi natijasida asalarilar nobud bo‘lishi hisobiga asalarichilik sub’ektlariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bog‘cha va maktablarda bolalarning kunlik iste’mol ratsioniga asal mahsuloti kiritiladi