Foto: Samarqand viloyati FVB
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 12 may kuni tungi soat 00:33 da Qo‘shrabot tumani “Namuna” MFY Ergash Jumanbulbul ko‘chasida joylashgan “Entrogroplyus” MCHJga qarashli ikki qavatli savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ular hodisa joyiga soat 00:42 da yetib borgan va soat 03:52 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida savdo majmuasining taxminan 250 metr kvadrat maydonida shift, tom qismi va birinchi qavatda oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnikalar hamda boshqa turdagi jihozlar yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan va jabrlanmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi