
Hozirda jamiyatimizda o‘z farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelayotgan fuqarolar soni ortayotganligi va bu borada aliment to‘lovlarini undirish muhim masala bo‘lib qolmoqda.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlalaro sudining 06.11.2015 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Vattayevdan undiruvchi Sh.Sultanovaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Qarzdor A.Vattayev ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan 10.03.2022 yilda 700 AQSH dollari (7 700 000 so‘m) aliment pullari undirib berilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar