date
views 5 077

Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt yonib ketdi

Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt yonib ketdi
Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt avtomobili yonib ketdi, deb xabar beradi viloyat FVB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 13 may kuni soat 05:16 larda tumandagi 4R avtomobil yo‘lining «Lalmikor» MFY hududidan o‘tuvchi 43-kilometrida 28 yoshli U.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketgan va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Shundan so‘ng, avtomobilda yong‘in chiqqan.

G‘allaorol tumani FVBning yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 06:35 da aytilgan manzilga yetib borgan va soat 06:38 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida avtomobil haydovchisi yelka, o‘ng qo‘l kafti va yuz qismi kuyishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt yonib ketdi