Samarqand viloyati Nurobod tumanida 6 may kuni to‘rt kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand—Qarshi yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 haydovchi uxlab qolishi oqibatida beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darilgan. Oqibatda avtomobilda yong‘in kelib chiqib, transport vositasi yonib ketgan.
Avtomobil ichida bo‘lgan to‘rt nafar fuqaro yong‘in qurboniga aylangan. Haydovchi esa og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ta’kidlanishicha, YTH haydovchining tajribasizligi (haydovchilik guvohnomasini besh oy oldin olgan) va to‘yib uxlamagani sabab kelib chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil ichida yonib ketganlar orasida 11 yoshli qiz ham bo‘lgan — u bobo-buvisi bilan ziyoratga ketayotgan bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi