Qalbaki pasport bilan ushlangan 8 nafar shri-lankalik Toshkentda sud qilindi

Qalbaki pasport bilan ushlangan 8 nafar shri-lankalik Toshkentda sud qilindi
Foto: Bosh prokuratura
8 aprel kuni Shri-Lankaning 8 nafar fuqarosi Fransiya va Italiyaning qalbaki pasportlari bilan Toshkent-London yo‘nalishi bo‘yicha uchmoqchi bo‘lganida chegara nazorati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, reysdan qoldirilgan edi. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy telegram-kanali xabar berdi.

Ushbu holat bo‘yicha tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chet el fuqarolaridagi 2 ta Italiya va 6 ta Fransiya pasporti qalbaki ekanligi aniqlanib, holat yuzasidan Toshkent aviatsiya transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223 (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.
Qalbaki pasport bilan ushlangan 8 nafar shri-lankalik Toshkentda sud qilindi
Foto: Bosh prokuratura
Qalbaki pasport bilan ushlangan 8 nafar shri-lankalik Toshkentda sud qilindi
Foto: Bosh prokuratura
Tergov natijasiga ko‘ra, 8 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan sudlanuvchilarga tegishli jazolar tayinlandi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar