06:00 / 16.05.2022
999

Samarqandda qo‘lbola usulda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi yashirin korxona fosh etildi

Samarqandda qo‘lbola usulda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi yashirin korxona fosh etildi
Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Samarqand viloyat Narpay tumanida noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish sexini tashkil qilganlar ushlandi, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Narpay tumanida yashovchi U.I. yaqin qarindoshlari va tanishlaridan iborat jinoiy guruh tuzib, noqonuniy ravishda qo‘lbola spirtli ichimliklar mahsulotlarini tayyorlash, qadoqlashga mo‘ljallangan yashirin sex tashkil qilgan.

Yashirin sexda 36 xil turdagi 1068 dona shisha idishlarga qadoqlangan tayyor aroq hamda 70 litr qadoqlanmagan alkogol mahsuloti va 687 ta aksiz markasi aniqlanib, tegishli tartibda protsessual hujjatlashtirilgan.

U yerda tayyorlangan mahsulotlar viloyatning Narpay, Paxtachi tumanlari hamda Navoiy viloyatidagi do‘kon va oshxonalarga sotib kelingan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda qo‘lbola usulda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi yashirin korxona fosh etildi