Qo‘ng‘irot tumanlararo iqtisodiy sudining 22.12.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, undiruvchi O‘zbekiston Respublikasi TIF “Milliy bank” foydasiga qarzdor “Sho‘manay-teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan jami 33 mlrd. 119 mln. 296,4 ming so‘m undirish, undiruvni qarzdor jamiyat va qo‘shimcha javobgar “Xo‘jayli paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo‘lgan, garovdagi mol-mulklarga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati, 04.05.2021 yilda Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqaramasi ish yurituviga kelib tushgan va Boshqarmaning Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shu’basi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor va qo‘shimcha javobgar jamiyatning 10 dan ortiq garovdagi mol-mulklari (ma’muriy, qorovulxona, qoymaxona, omborxona va sex binolari) tegishli tartibda xatlanib, elektron onlayn-auksion orqali sotildi.
Natijada, ijro varaqasida belgilangan jami 33 mlrd. 119 mln. 296,4 ming so‘m pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi TIF “Milliy bank” hisob raqamiga o‘tkazib berildi.
Shu bois, ijro hujjati talablari amalda undirilib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi