Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan qarzdor va ularning mol-mulklarini hamda bolalarni qidirib topish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga binoan tuman-shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdor va uning mol-mulki turgan joyi haqida ma’lumotlar bo‘lmaganda, ularni qidirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Jumladan, Byuroning Guliston shahar ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston tuman sudining 09.12.2021 yildagi qaroriga ko‘ra qarzdor O.Mdan undiruvchi A.Bga 8 997 010 so‘m moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar ushbu qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, ijro ishi doirasida qarzdorga tegishli VAZ-2106 rusumli avtotransport vositasi va “MTZ-80” texnika vositalariga nisbatan 2022 yil 28 aprel kuni qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, ushbu avtotransport vositalari Boyovut tumanidan topilib, yetkazilgan 10.400.000 so‘m moddiy zarar to‘lab berilganligi sababli, qidiruv harakatlari tugatilib, Qonunning 41-moddasi, 1-bandiga asosan amalda ijro ishi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi