Hukumat qaroriga (271-son, 19.05.2022 y.) ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi (ilgari 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi kerak edi).
Qayd etilishicha, 2022 yil 1 iyungacha hududlar kesimida 2022/2023 o‘quv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy budjet hamda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘maklashiladi.
Shuningdek, 2022 yil 10 avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, davlat maktablari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasi shakllari Hukumatning 15.08.2015 yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan edi.
Qayd etish lozimki, ikki yil avval umumiy o‘rta ta’lim maktablarida majburiy formani joriy etish keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va majburiy forma joriy qilinishi 5 yilga kechiktirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar