01:13 / 22.05.2022
1 410

Qidiruvdagi Nexia avtomashinasi xatlandi

Qidiruvdagi Nexia avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosining Guliston tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 04.12.2021 yildagi qarorlariga asosan qarzdor Sh.Sulaymanovdan undiruvchi «Mikrokreditbank» ATB Sirdaryo filali foydasiga 25 801 800 so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtotransport vositasiga nisbatan 2022 yil 14 aprel kuni qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, Nexia rusumli avtomashina Oqoltin tumanidagi xonadonlarning birida turganligi aniqlanib, xatlandi va vaqtincha saqlash uchun Guliston shaharda joylashgan YPX maskaniga olib borildi.

Hozirda avtotransport vositasi baholanib, “Ye-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi Nexia avtomashinasi xatlandi