Ijtimoiy tarmoqlarda 21 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan IIB Patrul-post xizmati xodimlari turistlarga kuch ishlatgani aytilgan xabarlar tarqaldi. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Jabrlanuvchilardan biri tomonidan yozilgan arizada keltirilishicha, ular 21 may kuni soat 03:30 larda turmush o‘rtog‘i va do‘stlari bilan mehmonxonaga yetib olish uchun ko‘chada taksi kutgan. Ularning yoniga IIB xodimlari kelib, hujjatlarini so‘ragan. Xorijlik mehmonlar pasport va haydovchilik guvohnomalarini taqdim etganiga qaramay, xodimlar ulardan idoraga borishni so‘ragan. Bunga SHHT sammitidan oldin qo‘yilgan rejani bajarishlari lozimligini sabab qilib ko‘rsatgan.
Turistlar IIB idorasiga borishdan bosh tortgach, huquq-tartibot xodimlari kuch ishlatgan va elektroshokerlarni qo‘llagan holda ularni majburan olib ketgan. IIB binosida ular ikki soat ushlab turilgan va qo‘yib yuborilgan. Ulardan sodir bo‘lgan voqeaning videosini o‘chirib tashlashni so‘rashgan. Shundan so‘ng, turistlar olgan jarohatlarni qayd etish maqsadida shifoxonaga borgan, biroq ularga rad javobini berishgan. Bir necha soatdan keyin Samarqand prokuraturasiga borib, sud-tibbiyot ekspertizasi uchun yo‘llanma olishgan.
G‘iyosovning yozishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
«Tekshiruv yakuniga ko‘ra, qonunchilikka zid harakat qilgan barcha xodimlarning hamda faoliyatga mas’ul rahbarlarning xizmatdan bo‘shatilishi va javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi», — deyiladi munosabatda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda