13:48 / 24.05.2022
976

Sodiq Safoyev: “To‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilinadigan qonunlarga o‘tish davri keldi”

Sodiq Safoyev: “To‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilinadigan qonunlarga o‘tish davri keldi”
Ayni paytda “Inson qadri” onlayn platformasi va “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘plami taqdimoti o‘tkazilmoqda. Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev so‘zga chiqib, qonun ijodkorligi sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Oldimizda turgan o‘ta dolzarb va murakkab vazifa – qonun ijodkorligi sohasidagi ishni butunlay yangicha tashkil qilishdan iboratdir. Asosiy e’tiborni qonunlar xalq manfaatini qanchalik ifoda etishiga qaratish kerak”, dedi Senat raisi o‘rinbosari.

Sodiq Safoyevning qayd etishicha, qonunni qabul qilishda soha mutaxassislari darajasida bilimga ega bo‘lish, uni ishlab chiqishda yetuk ekspertlar fikriga tayanish lozim. Parlamentning, joylardagi mahalliy kengashlarning analitik salohiyatini mustahkamlash eng dolzarb masalalardan biridir.

To‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilinadigan qonunlarga o‘tish davri keldi. Busiz kelajakda rivojlanishimiz mushkul bo‘ladi. Ya’ni batamom yangicha tipdagi qonunlarni qabul qilish zarur”, dedi Sodiq Safoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sodiq Safoyev: “To‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilinadigan qonunlarga o‘tish davri keldi”