
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada o‘qituvchidan gap eshitgan o‘quvchi qiz derazadan sakrab, sinf xonasidan chiqib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi holatga munosabat bildirib, vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur holat 23 may kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 22-maktabda sodir bo‘lgan. Maktabning 8-sinf o‘quvchisi A.A. dars paytida kalitni uyiga tashlab kelish uchun ruxsat so‘ragan, o‘qituvchi esa dars tugashiga 5 daqiqa qolganini aytgan.
Biroq o‘quvchi o‘qituvchining gapiga quloq solmasdan derazadan sakrab, qochib ketgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi uni qayta sinfxonasiga olib kirib, tanbeh bergan, ammo o‘quvchi qiz yana derazadan qochib ketgan.
Holat A.A.ning sinfdoshi tomonidan telefonda tasvirga olinib tarqatilgan. «O‘quvchi sog‘-salomat, hech qanday tan jarohati olmaganini ma’lum qilamiz. Mazkur xabar viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan», — deyiladi munosabatda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar