Qarshi shahrida ko‘plab haydovchilar o‘zi bilmagan holda katta jarimaga tushgan va bu masalani hal qilish maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligi binosiga to‘planishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ishonilsa, ular xavfsizlik kamarini taqmay harakatlangani uchun yozilgan jarimadan norozi va buni bekor qilish harakatiga tushishgan. Ammo qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi, degan naql bor.
Qashqadaryolik blogerlarning aniqlik kiritishicha, Islom Karimov ko‘chasining «Sohil bo‘yi» qismida kamera o‘rnatilgan bo‘lib, mazkur kamera 2022 yilning 1 may kunidan boshlab xavfsizlik kamarini taqmay harakatlanayotgan haydovchilarni qayd etgan.
Yo‘l harakati qoidalari haqidagi qonunning yangi tahririga ko‘ra, 2022 yil 1 maydan chorrahalardagi kuzatuv kameralari kamar taqmaganlik va telefonda gaplashganlik uchun jarimalar yozishni boshlagan.
Esingizda bo‘lsa, Xabar.uz tahririyati yo‘lovchilarning kamar taqishi masalasiga to‘xtalib, kamar taqmaganda kim jazolanishi — haydovchimi yoki yo‘lovchi, degan masalani ko‘tarib chiqqandi. Keyinroq yo‘lovchining o‘zi aybdor bo‘lishi haqida rasmiy izoh berilgan va jarima miqdori ham aytilgandi: bazaviy hisoblash miqdorining 1/2 qismi, ya’ni hozirgi kunda bu 135 ming so‘m.
Ammo keyinroq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi xavfsizlik kamari taqmagani uchun hech qanday javobgarlik yo‘qligi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”