10:14 / 27.05.2022
1 626

Toshkentdagi «O‘zbekneftgaz» zapravkalarida Ai-80 benzini narxi ko‘tarildi

Toshkentdagi «O‘zbekneftgaz» zapravkalarida Ai-80 benzini narxi ko‘tarildi
Ai-80 markali benzin narxi 6800 etib belgilandi.
Foto: «Daryo» / Dilshod Sharipov

Toshkent shahridagi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 markali benzin narxi ko‘tarilib, 6800 so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar qilmoqda.

Ushbu markadagi benzin narxlarining oshishi 2021 yil dekabrdan beri kuzatilmagandi. O‘sha vaqtda kompaniya Ai-80 benzin narxini 6500 so‘m etib belgilangandi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasi O‘zbekistonda 2021 yil boshidan buyon avtomobil benzini segmentida narxlarning o‘sishiga oid ma’lumotlarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Ai-80 benzini narxi o‘rtacha 63,2 foizga o‘sgan. Keyinchalik O‘zbekistonda 2022 yildan boshlab Ai-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechish rejalashtirilayotgani xabar qilindi. Uning o‘rniga Ai-92 benzini ishlab chiqarilishi aytilgandi.

Benzin narxlari keskin ko‘tarilgandan so‘ng noyabr oyining ikkinchi yarmiga kelib birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi tushishni boshladi.

17 noyabr savdolarda benzin narxi 9 million 365 ming so‘mgacha tushib, 15 noyabrga nisbatan 8 foizga arzonlashgan. 18 noyabr kuni esa 9 million 180 ming 500 so‘mga pasayib, 9 foizga arzonlashgan. 22 noyabr holatiga ko‘ra benzin narxi hamon tushishda davom etmoqda. Birja matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15–21 noyabr kunlari benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 129 400 so‘mdan 9 168 400 so‘mgacha, ya’ni 9,5 foizga pasaygan. 23 noyabr kuni O‘zbekiston birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi bir haftada 15 foizga arzonlashgani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi «O‘zbekneftgaz» zapravkalarida Ai-80 benzini narxi ko‘tarildi