22:00 / 28.05.2022
2 690

Ruxshonaning sobiq turmush o‘rtog‘i, rejissyor Sanjar Matkarimovga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Ruxshonaning sobiq turmush o‘rtog‘i, rejissyor Sanjar Matkarimovga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
2022 yilning 27 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida fuqaro Matkarimov Sanjarbekka nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, sudlanuvchi Matkarimov Sanjarbek turmush o‘rtog‘i Matkarimova Ruxshonaning uyali aloqa vositasiga kelgan xabar yuzasidan o‘zaro tortishib qolib, qo‘l va oyoqlari bilan uni urib, tepib, tan jarohatlari yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Matkarimova Ruxshonaga sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib keladigan yengil tan jarohatlari yetkazilgani aniqlangan.

«Bundan tashqari, sudlanuvchi jinoiy harakatlarini davom ettirib, ijtimoiy tarmoqlarda tuhmat qilish, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalarni sodir etgan. Xususan, o‘ziga tegishli raqamdan TikTok’da ochilgan akkaunt va o‘zining qo‘l ostida ishlovchi xodimning profilidan Instagram’da barcha fuqarolar tomonidan ko‘rib sharh yozadigan san’atkorlar guruhida jabrlanuvchi Matkarimova Ruxshonani sharmanda qilish niyatida yolg‘on uydirmalarni tarqatib, tuhmat qilish jinoyatini qasddan sodir etgan.

Shuningdek, OAV orqali haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlash maqsadida Instagram ijtimoiy tarmog‘ida barcha fuqarolar tomonidan ko‘rib sharh yozadigan san’atkorlar guruhida jabrlanuvchi Matkarimova Ruxshonani sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan haqorat qilib kelgan. Bundan tashqari, jabrlanuvchining shaxsiy sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda tarqatib, shaxsiy hayot daxlsizligini qasddan buzgan
», — deyiladi Toshkent shahar sudi matbuot kotibi axborotida.

Sudya Farrux Ergashev raisligida o‘tgan sud hukmiga ko‘ra, Matkarimov Sanjarbek Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi, 139-moddasi (tuhmat) 3-qismining «g» bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismining «b» bandi bilan aybdor deb topilgan.

Tayinlangan har xil turdagi jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan Sanjar Matkarimovga uzil-kesil o‘tashi uchun 2 yil-u 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Manfaatdor tomonlarga moddiy va ma’naviy zararni undirish yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirilgan.

Ma’lumot uchun, xonanda Ruxshona klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan 2014 yilning 2 noyabrida oila qurgan. Juftlikning to‘ng‘ich farzandi Habiba 2015 yilda, o‘g‘li Shukurbek esa 2016 yilda tug‘ilgan. Ularning nikohi ikkisi uchun ham omadli kelgan. Boisi xonanda turmush o‘rtog‘i bilan «Yurakkinam», «Yana», «Imkon bo‘lsa» va «Yur» kabi qo‘shiqlariga klip suratga olgan. Ruxshona boshlovchiligida rejissyorning «Bola tilidan» nomli ko‘rsatuvi telekanallar orasida bir necha bor eng reytingi baland ko‘rsatuv sifatida e’tirof etilgan. Sanjar Matkarimov Ruxshonaning «Yurakkinam» klipida rol ijro etib, aktyorlik mahoratini namoyish etgandi. Afsuski, bu er-xotin ijodkorlarning so‘nggi ijodiy ishlari bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ruxshonaning sobiq turmush o‘rtog‘i, rejissyor Sanjar Matkarimovga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi