13:13 / 29.05.2022
1 080

Yer uchastkalarini badal evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilanmoqda

Yer uchastkalarini badal evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilanmoqda
Senat yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibtini nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarga egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi hamda ushbu yer uchastkasi, unda joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlarining huquq egalariga kompensatsiya berish tartib-taomillari belgilanmoqda.

Qonunda yer uchastkalarining kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga asos bo‘ladigan holatlarning ro‘yxati aniq qilib ko‘rsatilgan. Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish qat’iyan ta’qiqlanadi.

Shuningdek, buzilishga tushgan hududda joylashgan yerga bo‘lgan huquq mavjud bo‘lmay turib, o‘n besh yil davomida ko‘chmas mulkka halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelgan shaxslarga ham ushbu ko‘chmas mulk ob’ekti uchun soliqlar to‘lab kelingani tasdiqlangan taqdirda, mazkur ko‘chmas mulk ob’ekti qiymatining o‘rni qoplanishi ko‘zda tutilmoqda. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida kompensatsiya komissiyalari tuzililadi.

Ular kompensatsiyalar o‘z vaqtida to‘liq hajmda berilishi ustidan muntazam monitoring va berilgan kompensatsiyalarning hisobi yuritilishini ta’minlaydi. Kompensatsiyalar o‘z vaqtida va to‘liq berilmagan holatlar aniqlanganda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashiga axborot kiritilishi ham qonunda belgilangan.

Qonunda jamoat ehtiyojlariga olib qo‘yiladigan yer uchun beriladigan kompensatsiya turlari va manbalari ham aniq ko‘rsatilmoqda. Xususan, beriladigan kompensatsiya turlari pul mablag‘lari, shu jumladan turar joylarni va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni vaqtinchalik ijaraga olish uchun pul mablag‘lari, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektini mulk qilib berishdan iborat.

Qolaversa, madaniy qadriyatlarni saqlab qolish maqsadida bitta mahalla yoki ko‘chada yashovchi huquq egalari va ularning oila a’zolari xohishiga ko‘ra, ularga bitta mahalla yoki ko‘chada joylashgan yangi uylar (bitta ko‘p kvartirali uydagi kvartiralar) berilishi belgilanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yer uchastkalarini badal evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilanmoqda