23:19 / 29.05.2022
1 474

Navoiyda firibgarga sud hukmi o‘qildi

Navoiyda firibgarga sud hukmi o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida firibgar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

1984 yilda tug‘ilgan A.Quvondiqov (shaxsi o‘zgartirilgan) oldin xam “firibgarlik” - jinoyatini sodir qilib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2022 yil 24 yanvar kuni Xatirchi tumani, “Yangrabod” mahallasi hududida tanishi I.Qilichov (shaxsi o‘zgartirilgan)ni ishonchiga kirib, unga 20.000.000 so‘m pullarini AQSH dollari valyutasiga almashtirib berishini va’da qilib olib, firibgarlik yo‘li bilan ushbu pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborib, I.Qilichovga 20.000.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

Sud, A.Quvondiqovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandidan JKning 168-moddasi 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilinib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Sudlanuvchi A.Quvondiqovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yilu 6 oyga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, sudlanuvchi A.Quvondiqovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 62-moddasi tartibida uzil-kesil ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 (bir) yilu 2 (ikki) oy 27 (yigirma yetti) kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirilib, sudlanuvchi A.Quvondiqovga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud majlisi zalidan qamoqdan ozod etildi.

Habibulla Tuxtayev Baratovich,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi sudyasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda firibgarga sud hukmi o‘qildi