19:15 / 30.05.2022
1 163

“Farzandlarni moddiy ta’minlash – ota-onaning Konstitutsiyaviy burchidir”

“Farzandlarni moddiy ta’minlash – ota-onaning Konstitutsiyaviy burchidir”
Oʼzbekiston tuman prokuraturasi va Byuroning O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan oilalarning ajralishini oldini olish, ularni yarashtirish, ishsiz qarzdorlarni ishga joylashtirish hamda bu sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mas’ul idoralar bilan birgalikda 26.05.2022 yil kuni “Farzandlarni moddiy taʼminlash – ota-onaning Konstitutsiyaviy burchidir” g‘oyasi asosida tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, O‘zbekiston tumani 2-sektor shtab binosida tashkil etilgan tadbirda tuman hududlaridan kelgan 80 ga yaqin nikohdan ajrashgan va ajrim yoqasida turgan er-xotinlar, aliment to‘lovchi qarzdorlar va boshqa dahldor fuqarolar qatnashdi.

Tadbir davomida tuman prokuraturasi va Byuroning O‘zbekiston tuman bo‘limi rahbarlarining ma’ruzalari bilan ochib berildi.
Shundan so‘ng, so‘z olgan mutaxassislar, namunaviy oila sifatida taklif etilgan I.Ye.lar oilasi hamda imom xatiblar tomonidan oila muqaddasligi, oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari, bolaning ta’minoti, ta’limi va tarbiyasi masalalari alohida ta’kidlandi hamda oilalarni tiklash va saqlab qolish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham o‘tkazilib, 12 ta tashkilot va muassasalar 105 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida jami 12 nafar shundan 5 nafar alimentdan qarzdorlar ishga joylashtirilib, aliment undiruvi qarzdorlarning oylik ish haqiga qaratildi. Misol uchun, O‘zbekiston tuman Qudash qishlog‘ida joylashgan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi”ga I.Yo.ni “Haydovchi” vazifasiga ishga qabul qilish yuzasidan tegishli buyruq rasmiylashtirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tuman xalq ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga M.I. “Qorovul” vazifasiga ishga qabul qilish yuzasidan tegishli buyruq rasmiylashtirilishi shular jumlasidan.

Shuningdek, 4 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 50,1 mln. so‘m aliment pullari undirilishiga, bu bilan 5 nafar voyaga etmaganlarning huquqi tiklanishiga erishildi va 2 nafar oilalar yarashtirildi.

Malika Arzibayeva
Majburiy ijro byurosining
Farg‘ona viloyat boshqarmasi inspektori

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Farzandlarni moddiy ta’minlash – ota-onaning Konstitutsiyaviy burchidir”