960
Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlariga chek qo‘yildi
Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda IIBning Olmaliq shahar bo‘limlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro X.X. 2,9 ming dollarni fuqaro S.ga 32,3 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shahrixon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa B.X. va F.A. ismli shaxslar fuqaro M.ga 2,8 ming dollarni 30 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Ularning yonidan 2,8 ming dollar, 100 Rossiya rubli va 650 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Shuningdek, Kitob tumanida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan shug‘ullanib kelgan A.N. va S.B. ismli shaxslar fuqaro A.ga 3,4 ming dollarni 37,8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Ularning yonidan jami 6,2 ming dollar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi