
Ijtimoiy tarmoqlarda «Aytishlaricha Sergelidagi uylardan biri yonayotgan ekan» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Kecha, 31 may kuni soat 23:20 da Sergeli tumani, «Belariq» MFY Uzumzor ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga borib, yong‘inni bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 200 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga shahar FVB rahbariyati va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sergeli TumaniYong'in Sodir Bo'ldiFVB XabariO'zbekiston YangiliklariIjtimoiy TarmoqYong'in Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar