Foto: Marie Claire
Ko‘pincha inson uyda juda ko‘p keraksiz narsalar to‘planishini sezmaydi. Shuning uchun tartibsizlik nafaqat uyning yangi dizaynda ko‘rinishga, balki ruhan qayta yangilanishga ham to‘sqinlik qiladi. Marie Claire nashri uyidagi ortiqcha narsadan xalos bo‘lishga qaror qilganlarga ishni nimadan boshlash kerakligini ma’lum qildi.
Eski kiyimlar
Yillar davomida eskirgan va kiyilmaydigan kiyimlar har qanday garderobdan yoki shkafning yuqori qismidan topiladi. Ularni, garchi kiyilmasa ham, tashlab yuborishga ko‘z qiymaydi. Shuning uchun ishni aynan eskirgan kiyimlarni uydan chiqarishdan boshlash kerak. Masalan, ularni kimlargadir berib yuborish ham mumkin.
Bo‘sh qutilar
Ba’zida odamlar negadir uzoq vaqt davomida jihoz yoki poyabzalning bo‘sh qutilarini saqlaydi. Ammo agar yaqin vaqtda qutilar kerak bo‘lmasa va ulardan foydalanilmasa, qutilardan ham qutulish vaqti keldi.
Keraksiz poyabzal
Shuningdek, har mavsumda yangilanadigan poyabzallar soni ham yillar mobaynida ko‘payib ketadi. Ularni hattoki qayeradir sig‘dirish ham muammo tug‘dirladi. Xo‘sh, ushbu poyabzallar endi to‘g‘ri kelmasligi uchun kiyilmaydimi yoki tagligi singanmi? Bularning barchasi poyabzaldan qutulish uchun asosli sabablardir. Agar ular yaxshi holatda bo‘lsa — sotish yoki xayriyaga berish mumkin. Yoki shunchaki ta’mirlatib, kiyish, bunig ham iloji bo‘lmasa, tashlab yuborish tavsiya etiladi.
Keraksiz bezaklar
Uzoq vaqt davomida taqilmasdan yotgan zargarlik buyumlari ham uydan ketish uchun nomzoddir. Yaxshisi, ularni kimgadir bergan yoki sotuvga qo‘ygan ma’qul.
Eski telefonlardan simlari va g‘iloflari
Yana bir foydasiz hamda tushunarsiz odat — buzilgan quvvatlagichlar va endi foydalanmaydigan telefon g‘iloflarini saqlash. Bularning barchasidan boshqa hech qachon foydalana olmaslikni tan olish va ularni chiqindiga tashlash lozim.
Qog‘oz chiqindilari
Eski eslatmalar, kafolat cheklari, endi kerak bo‘lmagan shartnomalar — bularning barchasi ba’zan odamlar tomonidan o‘nlab yillar davomida saqlanadi. Keraksiz qog‘ozlarni ham yuqoridagidek chiqindiga chiqarish uy tozaligi hamda salomatlik uchun ham muhim.
Muddati o‘tgan kosmetika va dori-darmonlar
Uyda vaqti-vaqti bilan kosmetika va dori-darmonlarni saralash va har bir mahsulotni yaroqlilik muddatini tekshirish lozim. Yaroqlilik muddati o‘tgan vositalar va tabletkalarni darhol chiqindi qutisiga tashlash kerak.
Buzilgan o‘yinchoqlar
Uyda bolalar o‘yinchoqlariga ham alohida ahamiyat berish kerak. Darhol singan va buzilganlaridan xalos bo‘lish lozim. Borid-yu, bolalar o‘yinchoq o‘ynash yoshidan o‘tgan bo‘lsa, ularni mehribonlik uylariga topshirish yanada yaxshi.
Eskirgan idishlar
Singan, darz ketgan idishlar xunuk ko‘rinishidan tashqari, sog‘liq uchun ham zararlidir. Ular bu bilan foydali jihoz emas, balki bakteriyalar o‘chog‘iga aylanadi.
Juftsiz juft narsalar
Ma’lum bir juft paypoq, qo‘lqop yoki ziraklarni qanchalik yaxshi ko‘rishingizdan qat’i nazar, agar ulardan biri yo‘qolgan bo‘lsa, ikkinchisini saqlashdan foyda yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi