1 908
Tergovchi firibgarlikda gumonlangan qizga tegajog‘lik qilib, uning onasini qamab qo‘ygani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Sho‘rchi tumani IIB tergovchisi bir ayolni qamab qo‘yib, uning qiziga tegajog‘liq qilgani aytilgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, hozirda viloyat IIB tomonidan idoraviy xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Aniqlanishicha, Sho‘rchi tumani «Do‘stlik» mahallasida yashovchi D.A., N.X. va O.Q. bir guruh bo‘lib, tumandagi «Bobotog‘» mahallasida joylashgan «Fayz» savdo majmuasiga kelib, ushbu savdo majmuasida zargarlik bilan shug‘ullanuvchi o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan Q.Q.ning ishonchiga kirgan. Ular 2021 yilning mart—iyun oylari davomida Q.Q.dan jami 119 million 151 ming so‘mlik tilla taqinchoqlarni pulini keyinchalik berish sharti bilan olib ketib, ushbu pullarni kelishilgan vaqtda bermasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 31 dekabr kuni Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a, b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov natijasiga ko‘ra, 2022 yilning 28 mart kuni D.A.ga nisbatan sudning ajrimi bilan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.
Shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha D.A. o‘zining jinoiy harakatlarini N.H, O.Q. hamda G.T. bilan bir guruh bo‘lib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a, b» bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani aniqlangani sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 332-moddasiga muvofiq jinoyat ishining ularga nisbatan bo‘lgan qismi jinoyat ishi tariqasida alohida ish yurituvga ajratilib, tergov harakatlari olib borilgan.
18 may kuni G.T. va N.X. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlanib, 20 may kuni ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 21 may kuni O.Q. va M.X. tergov organiga kelishdan bosh tortgani sababli ularni majburiy tartibda keltirish to‘g‘risida qaror chiqarilgan, 24 mayda ushbu qarorga asosan tuman IIB xodimlari tomonidan ularning yashash uylariga borilganda, ular uyda yo‘qligi aniqlanib, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
23 may kuni ayblanuvchi G.T. yetkazilgan 11 million 187 ming so‘mlik moddiy zararni to‘liq qoplagani sababli «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, «munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida»gi tilxat qo‘llanilib, ochiqqa chiqarilgan.
Shuningdek, 31 may kuni ayblanuvchi N.X. jabrlanuvchilarga yetkazilgan 67,5 million so‘mlik moddiy zararni to‘liq qoplagani sababli «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi «garov» ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.
Hozirda Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, fuqaro G.T. va boshqalarning videomurojaatida bayon qilingan holatlar bo‘yicha viloyat IIB tomonidan idoraviy xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Shuningdek, G.T. 25 may kuni soat 04:30 larda o‘zining yashash uyi yordamchi xo‘jaligidagi shiftga sintetik arqon yordamida o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga suiqasd qilgani holati yuzasidan hozirda Sho‘rchi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlar olib borilmoqda.
Tekshirish davomida hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi