Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari boshlangan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Bu uchun O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari agentlikning «Yerxususiylashtirish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.
Odamlarga doimiy foydalanish, ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun arizalar kelib tushishi boshlangan.
Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, «Yog‘ bozori» MFY, O. Mahmudov ko‘chasi, 27-uyda yashovchi fuqaro Ramz Muhamadiyevga eng birinchi davlat orderi rasmiylashtirildi.
Bu order o‘ziga meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish huquqi asosida unga tegishli bo‘lgan 271 kv/ m yer maydoniga mulk huquqini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi