12:38 / 07.06.2022
2 132

Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov qamoqqa olindi

Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov qamoqqa olindi
Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. Bu haqda “Daryo” so‘roviga javoban Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, hokim kecha, 2022 yilning 6 iyun kuni ushlangan.

«Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishi mumkin holatlarning oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», — deydi Hayot Shamsutdinov.

Qo‘shimcha qilinishicha, shahar hokimi viloyatda Moliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish yuritgan paytida sheriklari bilan 48 milliard so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilgan. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan. Ayni kunga qadar yetkazilgan zararning 23 foizi qoplangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov qamoqqa olindi