12:15 / 09.06.2022
1 172

Rossiyalik turistdan musodara qilingan dron O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshiriladi

Rossiyalik turistdan musodara qilingan dron O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshiriladi
O‘zbekiston hududiga dron olib kirgan Polina Yermakova ismli Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi. U jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq sud Yermakovani oqlagan va u vataniga uchib ketgan. «Gazeta.uz»ning Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi qaroriga tayanib yozishicha, turistdan musodara qilingan dron O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshiriladi.

Sud qarorida Polina Yermakova «birinchi marta katta ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan jinoyatni sodir etgani, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgani, jinoyatning fosh etilishiga faol hissa qo‘shgani» qayd etilgan.

Sudya Sardor Sodiqov o‘z qarori bilan sayyohga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi 5-qismi 1-bandi bilan aybdorligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmasdan jinoyat ishini hamda munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxatga qo‘l qo‘yish ehtiyot chorasini bekor qilgan.

Ashyoviy dalil — DJI Mavic Air 2 uchuvchisiz uchish apparati, masofadan boshqarish pulti, quvvatlash uskunasi, akkumulator sud qarori bilan davlat foydasiga musodara qilinib, Mudofaa vazirligiga topshirilishi belgilangan.

Polina Yermakova 2000 dollarlik dron unga Yangi yil sovg‘asi sifatida tortiq qilinganini aytgan.

«Qarorda aytilishicha, endi u O‘zbekiston Mudofaa vazirligi manfaati uchun parvoz qiladi. Dron bilan (O‘zbekistonga kelgan — tahr.) hamma yigitlarda ham xuddi shunday bo‘ldi. Ular hammani mamlakatga kiritdilar, aniqki, ularni sumkalarda ko‘rishdi, keyin ularni olib ketishdi. Bundan O‘zbekistonning dron sotib olishga qurbi yetmaydi, demak, turistlar hisobidan ‘yetkazib berish’ni tashkil qilish mumkin, degan fikr kelib chiqadimi?» — degan Polina Yermakova Rossiyaning «Ngs24.ru» nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, unga dron bilan mamlakatga kirishiga ruxsat bergan chegarachilar javobgarlikka tortilishi haqida ma’lum qilingan, biroq u bu ish bo‘yicha tergov jarayoni qanday kechayotganidan xabari yo‘q.

Shuningdek, u Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi bu vaziyatda unga yordam bermaganini qayd etgan, biroq diplomatik missiya turist uchun imkon darajasida harakat qilganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2015 yil 1 yanvardan uchuvchisiz uchadigan qurilmalarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgan. Faqat ruxsatnomasi bor alohida yuridik shaxslargina dronlardan foydalanishi mumkin.

2018 yil may oyida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar, xususan, dronlarni olib kirishga vaqtincha ruxsat berilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyalik turistdan musodara qilingan dron O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshiriladi