Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida O‘zbekistonning to‘rtta viloyati hamda Toshkent shahrida nikoh uylarini tugatish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Zamon internet nashri yozmoqda.
FHDYO bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda adliya vaziri tomonidan tashkil etilishi va tugatilishi ushbu loyihada o‘z aksini topgan.
Shuningdek, faoliyati to‘xtatilishi nazarda tutilgan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi barcha nikoh uylaridagi shtat birliklari boshqa tuman (shahar) FHDYO bo‘limlariga o‘tkazilmoqda.
Xususan, FHDYO bo‘limlarining xodimlari sonini belgilash mezonlariga o‘zgartirish kiritilmoqda. Bu fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilganligini hisobga olib amalga oshirilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas