10:06 / 28.06.2022
1 383

Qo‘qonda soxta «suvchi» qo‘lga tushdi

Qo‘qonda soxta «suvchi» qo‘lga tushdi
Qo‘qon shahrida X.O. ismli shaxs uning uyiga kelib, o‘zini «Suvoqava» DUK Qo‘qon shahar bo‘limi xodimi deb tanishtirgan va ichimlik suvi uchun to‘lov olayotganini aytgan.

U yolg‘ondan fuqaro I.I.ning ishonchiga kirib, 2 500 000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. Bu haqda I.I. IIB ga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qo‘qon shaharda yashovchi X.O. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda soxta «suvchi» qo‘lga tushdi