
Xiva Islom dunyosining 2024 yildagi turizm poytaxti deb e’lon qilindi, bu haqda O‘zbekiston prezidentining matubot kotibi telegram-kanalida xabar berdi.
Ushbu qaror Islom hamkorlik tashkiloti vazirlar kengashining Boku shahrida o‘tgan XI sessiyasida qabul qilingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, turizm sohasini rivojlantirish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash, muqaddas qadamjolarni obod qilish, ajdodlarimiz ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish borasidagi ishlar natijasida va buning e’tirofi sifatida Xiva shahrining nomzodi BAAning Abu-Dabi, Turkiyaning Shanliurfa, Nigeriyaning Lagos, Tojikistonning Dushanbe shaharlari orasida g‘olib deb topildi, deb yozdi Sherzod Asadov.

Foto: Prezident matbuot xizmati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar