Prezident Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida so‘zga chiqdi va Yangi O‘zbekistonning barcha yoshlarini bayram bilan tabrikladi.
«Albatta, sizlar bilan uchrashish, ko‘nglingizdagi ezgu orzu va rejalaringiz bilan o‘rtoqlashish, taklif va tashabbuslaringiz haqida eshitish menga doimo quvonch va g‘urur bag‘ishlaydi.
Sizlarning shijoat va intilishingizni ko‘rib, yonib turgan ko‘zlaringizga boqib, o‘zimga bitmas-tuganmas kuch olaman.
Hozirgina Prezident va ijod maktablari o‘quvchilari, Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari, yosh olim va ijodkorlar, dasturchilar, sportchilar va tadbirkorlar bilan gaplashib, bir narsaga qat’iy amin bo‘ldim.
Bugungi yoshlarimizning salohiyati, dunyoqarashi, bildirgan taklif va tashabbuslari, mustaqil fikrlashi, kelajak va Vatan haqida, o‘zining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati haqidagi qarashlari barcha ota-onalar, ustoz-murabbiylar qatorida meni ham cheksiz quvontiradi». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...