1 760
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda tinch aholi va huquq-tartibot organlari orasida qurbonlar borligi ma’lum qilindi
Shavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda noqonuniy namoyishlarning oqibatlari haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, bir guruh shaxslar 1 iyul kuni Nukus shahrida soxta shiorlarni o‘ziga niqob qilib olgan holda, fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning fikrini chalg‘itib, hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, tartibsizliklar keltirib chiqargan, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini egallab olishga uringan.
Ular 2 iyul kuni jamoat tartibini buzishga qaratilgan harakatlarni to‘xtatish haqidagi talablarga quloq solmasdan, respublikaning ma’muriy markazidagi asosiy ko‘chalarda buzg‘unchi harakatlarni davom ettirgan. Bundan tashqari, tartibsizliklarda qatnashgan ayrim kimsalar huquq-tartibot organlari xodimlari bilan to‘qnashuvlarni keltirib chiqarishga, qo‘riqlanadigan hududlarga zo‘ravonlik bilan bostirib kirishga uringan, binolarga tosh va turli buyumlar otishgan.
Shahar bo‘ylab yurish davomida ular infratuzilma ob’ektlariga sezilarli darajada zarar yetkazishgan. Binolarning oynalarini sindirib, yong‘inlar sodir etgan. Bir nechta guruhlar qurol-yarog‘larni qo‘lga kiritish maqsadida Nukus shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi binolarini egallashga uringan.
Ular son jihatiga ko‘ra nisbiy ustunlikdan foydalanib, huquq-tartibot organlari xodimlariga hujum qilgan, ularni ayovsiz kaltaklab, og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.
«Ming afsuski, tinch aholi va huquq-tartibot organlari xodimlari orasida qurbonlar bor», — deydi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin