
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan namoyish va to‘polonlar oqibatida minglab insonlar yaralangan. Ular ayni paytda shifoxonada davolanmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’uli Sultonbek Ziyayev xabar berdi.
Vazirlik mas’ulining ma’lumot berishicha, Nukusdagi mavjud shifoxonalar bemorlar bilan to‘lgan.
«Minglab yaradorlar shifoxonaga yotqizilgan va davolanmoqda. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», — deydi Sultonbek Ziyayev.
Sultonbek Ziyayev «Daryo» muxbirining namoyish ishtirokchilari va harbiylar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani aks etgan videolar haqidagi savoliga javob berar ekan, bu videolar avvalroq tasvirga olinganini, internet ishlamay qolgani bois keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganini tasdiqladi.
«Ming afsuski, masala mohiyatini to‘g‘ri anglab yetmagan namoyishchilar shu darajaga yetdi. Bundan jabr ko‘rganlar esa tinch aholi vakillari bo‘ldi. Ularning mingdan ortig‘i to‘polon oqibatida jarohatlangan. Ammo ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmoqda», — deydi vazirlik mas’uli. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar