
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida ikki nafar yigit jinsiy yaqinlik uchun kelgan ikki nafar ayolni o‘ldirdi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar qilindi.
Aytishlaricha, ular qizlarni do‘stlari orqali topgan. Tanishib, uchrashishga kelishishgan. Ayollar manzilga kelgach, joy masalasida tortishib qolishgan. 20 yoshli yigit janjal davomida qizlardan birini pichoqlagan.
«Onamni haqorat qilgani uchun jahl ustida pichoqlab qo‘ydim», — degan u.
Mast yigitlar jinoyatning ochilishidan, qamoqdan qo‘rqqani uchun boshqa bir qizni sherigiga pichoq urishga majburlagan.
Ular qizlardan birining joni uzilmaganini bilib, ariq bo‘yiga olib borgan. Mashinadagi ko‘rpacha va yostiqlarni uning ustiga tashlab, iz qoldirmaslik maqsadida yoqib yuborgan.
Holat yuzasidan sud 20 yoshli sudlanuvchiga 19 yil qamoq jazosi tayinladi. Uning sherigi esa 17 yilga qamalgan.
Samarqand ViloyatiPast Darg‘om TumaniJinoyatYosh YigitlarO‘ldirishSud Jazosi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar