Nukus aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etilishi va prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu aeroport faoliyati komendantlik soatlarida (21:00 dan 07:00 gacha) cheklanadi.
Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways’ning 3 iyul kuni Toshkent—Nukus—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY017/HY018 reyslari bekor qilindi. Bekor qilingan reyslarning barcha yo‘lovchilari 4 iyul kuni Toshkent—Nukus—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY011/HY012 reyslari orqali yetkaziladi.
Aviakompaniya yo‘lovchilarni reyslar kechiktirilishi haqida xabardor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nukusdagi ommaviy namoyishlardan so‘ng fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston hududida 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi