Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov 4 iyul kuni Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv chog‘ida investitsiyalar, savdo, transport va logistika sohasidagi o‘zbek-afg‘on hamkorligi kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yuqoridagi yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga oid navbatdagi tadbirlar kelishib olindi.
«Ikki tomonlama savdo aylanmasini ko‘paytirish va ikki mamlakat hududlari orqali yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha birgalikda takliflarni tayyorlashga kelishildi. Shuningdek, o‘zaro manfaatli sheriklik salohiyatini o‘rganish maqsadida o‘zbek va afg‘on ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha birgalikda ish olib borishning istiqbollari qayd etildi», — deyiladi xabarda.
Muloqot doirasida uchrashuv ishtirokchilari Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlarini ham ko‘rib chiqqan. Iyul oyining ikkinchi yarmida temir yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab dala tadqiqotlari tashkil etishning amaliy jihatlari muhokama qilingan.
O‘zbekiston tomoni afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish va Afg‘oniston bilan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zbek-afg‘on munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish va hal etish bo‘yicha doimiy aloqalarni davom ettirishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, 25—26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Unda 20 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi