12:00 / 05.07.2022
3 544

«Tepada Xudo turibdi, qo‘rqinglar» — Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’uli

«Tepada Xudo turibdi, qo‘rqinglar» — Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’uli
Foto: Videodan skrinshot
Surxondaryo viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Elnur Abrayev viloyatda faoliyat yurituvchi YPX inspektorlariga murojaat qilib, aylanma yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilarni nohaq ayblab, ularga ma’muriy bayonnoma tuzishni bas qilishlari kerakligi haqida gapirdi. Bu haqda avtobloger Maqsud Muzaffarovning Telegram-kanalida ma’lum qilingan.

«Aylanma yo‘lda xizmat qilyapsiz, u yerda 2.4 yo‘l belgisi (yo‘l bering) qo‘yilgan. U yerda 2.5. (to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan) yoki 2.6. (ro‘para harakatlanishning ustunligi) belgisi yo‘q. Aylanma yo‘lda bu yo‘lga kirgan transport vositasiga yo‘l berilishi kerak. Yo‘l bersin, degani bu to‘xtasin, degani emas. Haydovchi bu yo‘lda boshqa bir mashinaga xalal bermagan holda bir xil harakatlanib borishi mumkin. Uning yo‘nalishi o‘zgarishi yoki keskin to‘xtashiga majbur qilmayaptimi, biz unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirolmaymiz. Tepada Xudo turibdi, qo‘rqinglar», — deydi Elnur Abrayev YPX inspektorlariga murojaat qilar ekan.

Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda YPX inspektorlariga ma’muriy bayonnoma tuzish bo‘yicha reja berilmagan.

«Sizlardan hozir protokol so‘ralayotgani yo‘q. Mana shuncha protokol tuzasan deyilayotgani yo‘q. Aylanma yo‘lda turib olib, sal narida svetofor ishlamay, haydovchi va piyodalarning tartibsiz harakati yuzaga kelgan paytda Siz aylanma yo‘lda turib olib, kelgan mashina haydovchisiga tuhmat qilib, protokol tuzishni bas qiling», — deydi viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tepada Xudo turibdi, qo‘rqinglar» — Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’uli