Joriy yilning 30 iyun kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro G.Islamovaning aliment mablag‘larini ololmayotgani haqidagi murojaati joylashtirildi. Murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor S.Sidiqovdan undiruvchi I.Islamova foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarini ta’minoti uchun ½ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 20.08.2018 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor S.B.Sidiqovning nomiga rasmiylashtirilgan Sergeli tumani, 6A-mavzesida joylashgan uy bo‘yicha notarial harakatlarni olib bormasligi uchun ta’qiq solingan. Shuningdek, qarzdorning xorijga chiqish huquqlari cheklangan.
Fuqaro G.Islamovaning nomiga ochilgan hisob raqamiga aliment pullari o‘tkazib kelingan bo‘lsada, 01.03.2022 yildan 01.06.2022 yilga qadar 4.067.784 so‘mni tashkil etishi aniqlangan.
Shunga ko‘ra, qarzdor S.B.Sidiqov tomonidan vujudga kelgan aliment qarzdorligi bartaraf etmaganligi sababli, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasida nazarda tutilgan javobgarlik masalasi hal etishlik uchun Sergeli tumani sudiga yuborilgan bo‘lib, shu kuni sudning 26.05.2022 yildagi qaroriga ko‘ra, qarzdor S.B.Sidiqovga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qarzdor S.B.Sidiqov ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, jami 4.100.000 so‘m miqdorida aliment pullari bo‘lim depozit xisobiga undirilib, undiruvchining nomiga ochilgan AT “Aloqa bank” Mirobod HKXM hisob raqamiga o‘tkazilib berilgan. Hozirda qarzdor S.B.Sidiqovning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi joriy yilning 01 iyun oyiga qadar to‘liq undirib berilgan.
Qolaversa, 01 iyul kuni soat 11:45-lar atrofida AT “Aloqa bank” Mirobod HKXM xodimi bilan suhbatlashilganda, undiruvchining plastik hisob raqamida jami 13.050.772 so‘m pullari borligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi