09:10 / 06.07.2022
2 003

AQSH Davlat departamenti Qoraqalpog‘iston bo‘yicha bayonot berdi

AQSH Davlat departamenti Qoraqalpog‘iston bo‘yicha bayonot berdi
AQSH Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar yuzasidan xavotir bildirdi va qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik izhor qildi.

«Biz O‘zbekistonning demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz rasmiylarni O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari va burchlariga muvofiq, barcha asosiy huquqlar, shu jumladan tinch yig‘ilishlar va o‘z fikrini ifoda etishga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishga chaqiramiz.

Biz rasmiylarni zo‘ravonliklarni xalqaro me’yorlar va ilg‘or tajribalar asosida to‘liq, ishonchli va oshkora tergov qilishga chaqiramiz. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlaydi
».

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev avvalroq Turkiya va Rossiya prezidentlari bilan ham muloqot qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH Davlat departamenti Qoraqalpog‘iston bo‘yicha bayonot berdi